Internet tarmog‘ida ayni shu narsaga urg‘u bermoqchi bo‘lgan foydalanuvchi videorolikni joylashtirdi. Unda robotning ayrim saytlarda paydo bo‘ladigan «Robot emasligingizni isbotlang!» so‘rovini qanday qilib chetlab o‘tganini ko‘rish mumkin. 

YouTube foydalanuvchisi Matt Unsworth o‘z sahifasida robot-manipulyator ishiga oid videoni joyladi.