“Londonlik investorlar men bilan 2016 yil dekabrida uchrashishdi. Ular ma'lumotlarni qayta ishlash sohasida faoliyat yuritishgani bois, saytni men tuzganimga ishonishmadi”, - deydi weneed1 saytining asoschisi Muhammad Ali. 

Biroq, Alining so‘zlariga ko‘ra, u saytni sotish bo‘yicha taklifni rad etgan. Uning aytishicha, londonliklar unga 5 million funt (6 mln 200 ming dollar) taklif qilishgan. Ammo, kelajakda bu sayt ancha qimmat turishi sabab, sotishdan bosh tortgan.

Ali katta pulni rad etganda nima bilan tavakkal qilayotganini yaxshi tushungan. Biroq, u ilk imkoniyatdayoq texnologiyani sotishni emas, balki 2017 yil yanvarining oxirigacha, saytning to‘liq namunasini ishga tushirishni rejalashtirgan. 

“Biz haqiqatdan ham hozircha raqobatchisi bo‘lmagan katta loyihani barpo qilayapmiz. Bizning mahsulot Bloomberg kabi mablag‘ni tejash bo‘yicha ekspert bo‘ladi”, - deya ishonch bildiradi Muhammad Ali. 

Shu bilan birga, 2016 yili Ali videoo‘yinda 30 ming funt sterling ishlashga erishgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yotoqxonasida YouTube saytida videolavhalarni tomosha qilib, sohaga doir adabiyotlarni o‘qib kodlarni yozishni o‘rgangan. 

Alining ta'kidlashicha, bir vaqtlar uning kompyuter qarshisida ko‘p vaqtini sarflayotganidan shikoyat qilgan onasi, endilikda, u bilan faxrlanadi.