«Bu biz uchun juda ham og‘ir bo‘lgan bir necha oy edi. Holat iste'molchilar, sheriklarimiz va xodimlarimizga jiddiy ta'sir ko‘rsatdi va biz bunda o‘z aybimiz borligini tan olamiz», - dedi kompaniyaning AQShdagi bo‘linmasi prezidenti Tim Bakster.
Uning ta'kidlashicha, kompaniya so‘nggi oylarda inqirozli vaziyatlarni boshqarish sohasida katta tajribaga ega bo‘ldi.
Avvalroq bir qator OAV Galaxy Note 7 qurilmasi yonib ketishiga akkumulyatorning nostandart hajmi sabab bo‘lgani haqida yozishgandi.











