Kompaniyaning ma'lum qilishicha, ayni vaqtda foydalanuvchilar tomonidan bu telefonlarning 96 foizi qaytarilgan. Qolgan 4 foiz qurilmani yaqin haftalarda qaytarib olish rejalashtirilgan.

Galaxy Note 7 smartfonlari 2016 yil 19 avgustdan sotuvga chiqqan. Sentyabr boshida Samsung barcha sotilgan Galaxy Note 7 smartfonlari qaytarilib olinishini e'lon qilgan, yana bir oydan keyin esa bu smartfonlarni ishlab chiqarishni to‘xtatishini ma'lum qilgan. Kompaniya Galaxy Note 7’ning qaytarib olinishidan ko‘rilgan zararni 5 mlrd dollardan ko‘proqqa baholamoqda.

2017 yil yanvari oxirigacha kompaniya smartfonning portlab ketishi sabablari bo‘yicha tergov ma'lumotlarini taqdim qilmoqchi.










