Ma'lumotlarga ko‘ra, Moody's 437 mln dollarni AQSh adliya vazirligiga to‘laydi, qolgani agentlikka qarshi tergov ishlari olib borgan 21 shtat prokuraturalari o‘rtasida taqsimlanadi.
AQSh hukumatining ishonch bildirishicha, Moody's agentligi jahon moliya inqirozi arafasida ipoteka obligatsiyalari reytingini sun'iy ravishda yuqori ko‘rsatgan. Shu kabi ayblovlar Standard & Poor's agentligiga nisbatan ham ilgari surilgan. Bu agentlik alaoqibat1,3 mlrd dollardan ortiq jarima to‘lagan edi.
Mazkur agentliklarning ijobiy baholariga ishongan ko‘plab sarmoyadorlar ipoteka aksiyalarini xarid qilgan va natijada, ipoteka bozori qulaganda, ular kasodga uchragan. Ko‘pchilik ekspertlarning fikricha, aynan ipoteka bozoridagi inqiroz jahon moliya inqiroziga sabab bo‘lgan.











