“Milan” futbol klubi Italiya kubogining 1/8 finali doirasida “Torino” ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi, deb xabar berdi Tribuna.uz.
Milanda kechgan bellashuvda mehmonlar birinchi bo‘lib hisobni ochishdi – Andrea Belotti 21-daqiqada to‘p kiritdi. Mezbonlar 61-daqiqada hisob tenglashtirishdi – Yuray Kutska o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Rossonerilar yana ikki daqiqadan so‘ng hisobda oldinga o‘tib olishdi – Jakomo Bonaventura gol muallifiga aylandi. “Buqalar” tarkibida Antonio Barreko 87-daqiqada ikkinchi sariq kartochkani olib maydondan chetlatildi.
“Milan” Italiya kubogi chorak finaliga yo‘l oldi va endi “Yuventus” bilan kuch sinashadi.











