Kashmir viloyatining shimoliy qismida rekord darajadagi sovuq harorat qayd etildi - 12,4 daraja sovuq. So‘nggi bor bunday holat 2012 yilda kuzatilgandi. O‘shanda Gulmarg tog‘-chang‘i kurortida havo harorati 16,5 darajaga qadar tushib ketgan. Mintaqaning janubiy hududlarida ham besh yildan beri kuzatilmagan sovuq ob-havo hukm surmoqda.
Ma'lumot uchun, Kashmir – Hindiston yarim orolidagi munozarali viloyat bo‘lib, u Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi mojaroga sabab bo‘lib keladi. Mintaqa ayni damda Jammu va Kashmir shtatiga bo‘lingan. Shu bilan bir qatorda, hududda belgilab qo‘yilgan chegara yo‘q.










