Turkiyaning Anadolu agentligi dekabr oxirida o‘z manbalariga tayangan holda AQSh demokratik ittifoq Partiyasiga qurol-yarog‘ yetkazib berishni faollashtirgani haqida xabar bergandi. U Suriyadagi eng yirik kurdlar partiyasi bo‘lib, Anqara uni terrorchilik tashkiloti, deb hisoblaydi.
"Turk xalqi AQShning yangi ma'muriyati bu sharmandali holatga yakun yasashini kutmoqda", - deya aytib o‘tdi Yildirim.
Assoshieyted Press agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Turkiya bosh vaziri Suriya shimolida 2016 yilning avgustida boshlangan amaliyot vaqtida IShIDning 1200 jangarisi yo‘q qilinganini ham xabar qilgan.











