Hukumatning mazkur masalaga doir qarorini mamlakat bosh vaziri Sharif Ismoil imzoladi. 

"Rojdestvo bayrami munosabati bilan 7 yanvar, shanba kuni dam olish kuni, deb e'lon qilinsin", - deyiladi hujjatda. 

Bu kun "barcha vazirliklar, boshqa davlat idoralari, ijtimoiy tashkilotlar, mintaqaviy va mahalliy ma'muriyatlar, shuningdek xususiy sektor kompaniyalari va korxonalarida band bo‘lgan xodimlar uchun" dam olish kuni hisoblanadi.