Gench suratkashlik bilan shug‘ullanishdan avval Istanbulda Axborot texnologiyasi sohasi bo‘yicha olti yil faoliyat olib boradi.
"Ahmoqona jasoratlar ba'zida hayotdagi eng muhim qarorlarni qabul qilishga yordam berar ekan", - deydi u.
U Turkiyaning Samsum shahrida tug‘ilib, o‘sgan. Shu kunlarda esa u dunyoning barcha burchagida sayohat qilmoqda. Ayni damda u Manaus (Braziliya)da yashaydi. Uning Instagram’dagi sahifasida 91 mingdan ortiq a'zolari mavjud.
Siz ham talaba yigitning odamlarga aytgan yoqimli so‘zi qanday ta'sir qilganini quyidagi beg‘ubor suratlar orqali ko‘rishingiz mumkin.



















