«Agarda Trampning g‘alabasi va Kastroning o‘limi bo‘lmaganida ham, 2017 yil kubaliklar uchun ancha qiyin kelishi kutilmoqda», - deya ma'lum qildi kubalik iqtisodchi Umar Everleni Peres.
Nashrning yozishicha, Kubada 2017 yilda iqtisodiy inqiroz kuzatilishi mumkin. Shuningdek, AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Obamaning ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha barcha harakatlarini bekor qilishga va'da bergan.
Nashrning fikricha, Kastro birdaniga ikkita muammoga duch keladi – diplomatik va iqtisodiy. Uning ta'kidlashicha, Vashington bosimiga qarshi turish Kuba kommunistik tizimining asosiy prinsipidir.











