Uskuna jihozning o‘zi hamda iOS va Android operatsion tizimidagi qurilmalar uchun mo‘ljallangan mobil ilovadan iborat. Ko‘rish qobiliyatini tekshiruvdan o‘tkazish uchun "bemor", mobil ilova o‘rnatilgan smartfon va EyeQue kerak bo‘ladi. Qurilma xuddi oftalmolog kabi tekshiruv o‘tkazadi.



Test sinovining barcha natijalari "bulut"da saqlanadi, ularni mobil ilovada ko‘rish mumkin - ularni smartfon yoki kompyuterdan ko‘rish va taqqoslash imkoni mavjud. Qurilmaning professionalligiga shubha uyg‘onsa, olingan ma'lumotlar bilan ko‘z shifokoriga ko‘rinishingiz mumkin bo‘ladi.
Yangi qurilma bahosi - 39 dollar atrofida.

EyeQue minoskopi kelasi yilning yanvarida CES ko‘rgazmasi doirasida taqdim etiladi.














