Ma'lumotlarga ko‘ra, Asad va uning rafiqasi Asma bolalar bilan iliq suhbatlashishgan hamda ularga sovg‘alar ulashishgan. Monastir boshlig‘i oliy darajadagi mehmonlarga bunday g‘amxo‘rlik uchun minnatdorchilik bildirdi.

Saidnoya monastiri Yaqin Sharqdagi xristian diniga mansub kishilarning yirik ziyoratgohi sanaladi. U yerda bibi Maryam ikonasi (VIII asr) saqlanadi. Suriyada 2011 yilda mojarolar boshlanishiga qadar bu yer Qudusdan so‘ng ikkinchi eng yirik ziyoratgoh edi.
Prezident Asad va uning rafiqasi esa an'anaga ko‘ra diniy va milliy bayramlar vaqtida maktablar, kasalxonalar va yetimlar boshpanasiga borishadi. Suriyada ularning tashabbusi bilan urush nogironlari va ularning oilasiga yordam dasturi amalga oshirilmoqda.











