"Osiyo MIX" g‘oliblik uchun Qozog‘istonning “Sparta” va Rossiyaning uch jamoasi bilan kurash olib bordi. Qirg‘iziston Respublikasi sharafini himoya qilgan jamoa tanlovning uch bosqichiga ko‘ra 10,9 ballni qo‘lga kiritgan.
"Osiyo MIX" – Qirg‘izistonning nafaqat finalga yetib borgan, balki unda g‘olib chiqqan birinchi jamoasiga aylandi. U o‘tgan yilgi o‘yinlarda yarim finalga qadar yetib borgandi.
Eslatib o‘tamiz, jamoa tarkibida o‘zbekistonlik aktrisa Setora Farmonova ham bor.












