"Savdogarlar ishsiz qolishdi, biroq, barcha mahalliy aholi San-Pablito bozori bilan qisman bo‘lsa-da bog‘liq edi", - degan Fuentes matbuot anjumanida.
Bozorda 300ga yaqin kioska va uncha katta bo‘lmagan pavilonlar bo‘lib, Tultepekda ishlab chiqarilgan pirotexnika mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullangan. Portlashdan so‘ng, ularning hech biri saqlanib qolmagan. Fojia oqibatida 32 kishi hayotdan ko‘z yumgan, o‘nlab kishilar jabrlangan. Mexiko shtati ma'muriyati 21 dekabrda, juda kuchli kuygan ikki bolani davolanish uchun AQShga yuborishga qaror qilgan.











