"U FETO tarmog‘i a'zosi bo‘lganini yashirishga sabab yo‘q. Uning barcha aloqalari FETOga ko‘rsatmoqda", deb aytgan Erdo‘g‘an.  

Erdo‘g‘an dastlabki xulosalar qotilning xorijda aloqalari bo‘lganini ko‘rsatayotganini qo‘shimcha qildi. Biroq Erdo‘g‘an tafsilotlarga berilib o‘tirmadi.

Turk OAV qotilning mehmonxonadagi xonasi tintuv qilinganda "Al-Qoida" terrorchilik guruhi va FETO tashkiloti haqida kitoblar topilganini ma'lum qilgandi.