Rekord Shimoliy Atlantikada 2013 yilning 4 fevral kuni Islandiya va Buyuk Britaniya o‘rtasida maxsus buylar yordamida aniqlandi. Xabar qilinishicha, rekord to‘lqin bu tumandan shamolning tezligi soatiga 85 kilometrni tashkil qilgan kuchli sovuq front o‘tgach, paydo bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, avvalgi rekordi ham Shimoliy Atlantikada qayd etilgan bo‘lib, 2007 yilda 18,275 metrli to‘lqin aniqlangan.

“Biz ilk bora 19 metrli to‘lqin guvohligiga aylandik. Bu juda yaxshi rekord. U okean meteorologik tadqiqotlari va eng yirik yo‘nalishlardagi dunyo kemalari harakati xavfsizligi ta'minlashda bashoratlar muhimligini ko‘rsatib berdi”, - deya ta'kidlab o‘tishdi tashkilotda.