Shahar ko‘chalari va uylar hukumat qo‘shinlarining isyonchilar bilan ayovsiz to‘qnashuvlari markaziga aylangan. Halab 2012 yilning yozidan beri davom etgan mojaro sabab bir-biriga qarshi bo‘lgan tomonlar orasida ikki qismga bo‘lib olingandi. Ko‘plab mavzelar vayronaga aylangan.
Avvalroq, deyarli butun shahar hukumat kuchlari nazoratiga o‘tgani xabar berilgandi.











