Disk shaklidagi konstruksiyaning ichida rotorli dvigatel yashiringan. U xavfsizlikni ko‘zlab, ikki tomondan panjara bilan yopilgan. Bundan tashqari, likopcha ikki oyoqqa ham ega. 

Uchuvchisiz qurilma korpusi metall va sintetik qatronlardan ishlangan. Kamera maxsus tokchaga o‘rnatilgan bo‘ladi. Ishlab chiqarish jarayonida konfiguratsiya o‘zgartirilishi mumkin, albatta, lekin uning patentdan katta farq qilmasligi aniq.