Hamyurtlarimiz kechagi kungi bahslardan so‘ng 8ta oltin medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.
O‘z vazn toifalarida Jasurbek Salimov (45 kg), Malika Choriyeva (63 kg), Kamronbek Toxirov (40 kg), Ruxshona Saidova (29 kg), Zarguna Axrorqulova (35 kg), Mahfuza Jumaboyeva (40 kg) oltin medal bilan taqdirlanishdi.
Til bahslarida Zarguna Axrorqulova va Aleksandr Chetvertikov ham shoxsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi. Sabina Mahmanazarova esa til bahslarida kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Terma jamoamiz a'zolaridan Denis Kim, Yevgeniy Kim, Gulijon Bahromova (46 kg), Nafisa Usmonova (23 kg) va Oygul Bolat (52 kg) bronza medali bilan Toshkentga qaytishadi.











