Kun.uz nashri o‘z o‘quvchilari orasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun ko‘rsatilgan nomzodlarning qaysi biriga ovoz bergani borasida o‘ziga xos so‘rov o‘tkazdi. Ushbu so‘rovnomada jami 3514 nafar kishi ishtirok etdi.
Shu soatgacha olingan natijalarga ko‘ra:
1. Shavkat Mirziyoyevga -85.43 foiz;
2. Sarvar Otamuratovga - 8.20 foiz;
3. Narimon Umarovga - 3.30 foiz;
4. Xatamjon Ketmonovga - 3.07 foiz Kun.uz o‘quvchisi ovoz bergan.
Eslatib o‘tamiz: Bo‘lib o‘tgan saylovning rasmiy natijasi bugun, 5 dekabr kuni soat 16:00da Markaziy saylov komissiyasi tomonidan e'lon qilinadi va saytimiz orqali yetkaziladi.










