Ob-havo mutaxassislarining aytishicha, qor tropik hududlarda ham yuz berib turadi, biroq bunday past balandliklarda juda kam uchraydi.
Eng kuchli yog‘ingarchilik orolning eng baland cho‘qqilari – Mauna-Kei va Mauna-Loa vulqonlari atrofiga to‘g‘ri kelgan.
Ko‘rinish deyarli nol darajani tashkil qilayotgani sababli mahalliy aholidan uylarini tark etmaslik so‘ralgan.
Prognozlarga ko‘ra, qor 4 dekabrda ham davom etadi. Orolning boshqa qismlarida jalalar yog‘moqda.











