Ozarboyjon davlat xavfsizlik xizmatidan xabar berishlaricha, kuch tizimi vakillari Emin Jomini qo‘lga olish bo‘yicha amaliyotni o‘tkazishgan. U qarshilik ko‘rsatib, portlovchi moslamani harakatga keltirishga urinib ko‘rdi.

“Javob choralari sifatida u maxsus tezkor guruh tomonidan yo‘q qilindi”, - deyishdi muassasada.

Ozarboyjonning 38-yoshli fuqarosi Emin Jomi 2007 yilda terrorchilik tashkilotida ishtirok etgani uchun ozodlikdan mahrum etilgan. Jomi 2016 yilning boshida erkinlikka chiqqach, yana jangarilar bilan aloqa o‘rnatgan.