Uy hayvoni bo‘lmagan AQShning oxirgi prezidenti Endryu Jyekson bo‘lgan, u mamlakatni 19-asrning o‘rtalarida boshqargan. Undan keyingi barcha prezidentlarda turli jonzotlar: mushukdan tortib ayiq, yo‘lbars va pakana begemotgacha bo‘lgan. Avraam Linkolnda cho‘chqa va Jyek laqabli g‘ozi, Teodor Ruzveltda esa Iosiya laqabli bo‘rsig‘i bo‘lgan.

Nashrning fikricha, uy jonzotlari prezidentning imijini yaxshilashga yordam beradi va ko‘pincha ularga fotosessiyalarda kompaniya tashkil qiladi. Kichik Jorj Bushning skotch-terer zotidagi Barni laqabli itining o‘z sayti bo‘lgan, Katta Bushning Milli laqabli iti esa "Milli kitobi" deb nomlangan kitobning muallifi hisoblangan. Bu kitobda Oq uydagi hayot itning ko‘zlari bilan tasvirlangan. AQShda hattoki prezidentlar uy hayvonlarining muzeyi mavjud.

Trampning Oq uyda bo‘lishi vaqtida uy hayvonining bo‘lmasligi uning reytinglariga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin, deb hisoblamoqda nashr. Biroq bu Tramp inobatga olmayotgan prezidentlarga xos bo‘lgan an'analardan birinchisi emas.  

Foto:Getty images
Foto: AFP Getty images
Foto:Getty images
Foto: AFP Getty images