Kastro 26 noyabr kuni 91 yoshida olamdan o‘tdi.
«Bu dahshatli kun. Shubha yo‘qki, buyuk inson bizni tark etdi. Men juda qayg‘udaman. U men uchun ikkinchi otam kabi edi», degan Maradona.
Futbolchining so‘zlariga qaraganda, Kastro oxir-oqibat unga giyohvandlik balosidan qutulishda yordam bergan. «U men bilan giyohvand moddalar, tiklanish va men buni uddalay olishim haqida juda ko‘p gaplashgan», — deya ta'kidlab o‘tgan futbolchi.
Futbolchi bir necha yil Kubada istiqomat qilgan va u yerda giyohvand moddalarga tobelikdan davolangan. Maradonaning tanasidagi tatuirovkalardan birida Fidel Kastro aks etgan.
Kastro 1976 yildan buyon Kuba davlat kengashi va vazirlar mahkamasi raisi bo‘lgan. U Inqilobiy qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni va Kuba milliy mudofaa kuchlari raisi bo‘lgandi.











