Xabarlarga ko‘ra, kelasi hafta so‘nggida 3 mln byulletenni sanash ishlari boshlanadi. Buning uchun Stayn 1,1 million dollarga yaqin pul to‘laydi.
Bundan tashqari, Stayn talabiga ko‘ra, Michigan va Pensilvaniya shtatidagi ovoz berish varaqalari ham qayta sanalishi mumkin. Stayn shu maqsadda 7 mln dollar mablag‘ to‘plashga harakat qilishini, shu paytgacha 5 mln dollar to‘play olganini ta'kidlagan.
Prezidentlik saylovida bir foizdan ko‘proq ovoz to‘play olgan Staynning aytishicha, uning maqsadi Tramp g‘alabasini bekor qildirish emas, balki AQSh saylov tizimining haqqoniyligini tekshirishdan iborat.











