Milas arxeologiya muzeyi jamoasi bundan avval ham boshqa bir maqbarani topgan edi. Manbaga ko‘ra, topilgan qadimiy maqbaralarning umumiy soni 18taga yetgan.
Arxeologlarning ta'kidlashicha, maqbara 2400 yil avval badavlat qirollik oilasi uchun bunyod etilgan.
Hisobotga ko‘ra, qazilma ishlari jarayonida umumiy miqdorda 103 artefakt topilgan.
Turkiya son-sanoqsiz qadimiy obidalar makoni hisoblanadi, birgina Milas hududining o‘zidanoq 27 arxeologik qazilma topilgan.












