Rahmonning so‘zlariga ko‘ra, Davlat bayrog‘ining qabul qilinishi milliy faxr tuyg‘usi, xalqning o‘zligini anglash darajasini kuchaytirishga yordam bergan. 

Tojik davlat rahbarining ishonch bildirishicha, Tojikiston xalqi vatanparvarlik sa'y-harakatlari natijasida milliy davlatchiligiga mustahkam poydevor qo‘ygan. 

«Kelajakda ham Davlat bayrog‘i bilan ushbu o‘lkaning yorqin kelajagini ta'minlaymiz, Tojikiston xalqining baxtli hayoti uchun munosib sharoitlar barpo etamiz», - degan prezident.

Tojikiston milliy bayrog‘i 1992 yilda qabul qilingan. 2009 yil 24 noyabr Tojikiston Davlat bayrog‘i kuni deb e'lon qilingan edi.