Jang shanba kuni o‘tkazildi. Bahsning uchinchi raundida Mochikning nomi oshkor etilmayotgan raqibi unga juda kuchli zarba berdi. Shundan so‘ng sportchi qaytib o‘rnidan tura olmagan. Bokschi tezlik bilan kasalxonaga yetkazildi. Shifokorlarning uning hayotini saqlab qolish uchun qilgan harakatlari samara bermadi. Mochik xushiga kelmay, vafot etgan.
Nashrning ta'kidlashicha, 22-yoshli bokschining o‘limiga miyaga qon quyilishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.











