Ma'lum qilinishicha, bu holat transformator nimstansiyasida sodir bo‘lgan yong‘in ortidan kelib chiqqan. 

Yong‘in suratlarini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan.

Toshkent shahri hokimiyati huzuridagi dispetcher xizmati xabariga ko‘ra, tez vaqt ichida yong‘in to‘liq bartaraf etilgan va uning sabablari aniqlash ishlari boshlangan.

«Mutaxassislar bu hudud aholisiga elektr qaytishi uchun barcha choralarni ko‘rishmoqda», - deya ma'lum qilgan dispetcher. 

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar haqida ma'lumotlar yo‘q.