Bolduin “Saturday Night Live” komediya ko‘rsatuvida bir necha bor ushbu rolda paydo bo‘lishga ulgurgan edi. 12 noyabrdagi dasturda aktyor qatnashmagan. Endi Bolduin yana ekranlarda Tramp rolida paydo bo‘lmoqchi.
Saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Bolduin va Demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton rolidagi aktrisa Keyt Makkinonning SNL ko‘rsatuvida paydo bo‘lishi, dasturning reytingini ko‘tarishga yordam berdi.
Hozircha, Bolduin ushbu tomoshada Tramp rolini doim ijro etadimi yoki prodyuserlar uning o‘rniga boshqa aktyorni tanlashadimi, noma'lumligicha qolayapti.











