Bundan avval kema ekipaji a'zolari – sardor Tszin Xaypen va uning hamkasbi Chen Dun laboratoriyada zarur qurilmani yig‘ib olgan. Kema stansiyadan mahalliy vaqt bilan soat 12.41da ajragan.

Orbitada 393 km balandlikda bo‘ladigan "Shenchjou-11"ning qo‘nish moduli 18 noyabrda Yerga qaytadi.

Taykunavtlar "Tyangun-2" laboratoriyasi bortida 19 oktabrdan beri bo‘lishgan. Ular stansiyada umumiy hisobda 30 kun o‘tkazib, xitoylik fazogirlar orasida orbitada bo‘lish bo‘yicha rekord o‘rnatishdi.

Kosmik kema 17 oktabrda Gobi cho‘lidagi "Tszyutsyuan" kosmodromidan uchirilgandi.