«Payshanba, 17 noyabr kuni tongda “Klyuchevskaya sopka” vulqonida kul otilishi qayd etildi. Uning balandligi 6 ming metrni tashkil etdi. Vulqon balandligi 4850 metrdir», — deyiladi geofizika xizmati bayonotida. 

Rossiya FVVning Kamchatka o‘lkasi Bosh boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, kulning aholi turarjoylariga tushishi kuzatilmagan. 

Avvalroq, Kamchatkadagi yana bir vulqon “Shiveluch” kulni 7 km balandlikka otgani xabar qilingan edi.