Avval xabar qilinganidek, Koreya huquq-tartibot idoralari Pak Kin Xening dugonasi Tsoy Sun Sil davlat ishlariga aralashishi hamda yirik korporatsiyalardan pul undirishga aloqasi bor-yo‘qligini aniqlash niyatida. 

"Bizning asosiy maqsadimiz, so‘roqni uzog‘i bilan payshanba kuni o‘tkazish. Ammo, biz yana bir bor yon berishimiz va prezidentni juma kuni so‘roqqa tutishimiz mumkin", — deya Seul prokurorlaridan birining so‘zlarini keltiradi Koreya agentligi.