Porsche 356 rusumli sportkar 1960 yilda ishlab chiqilgan. Uni Gayning otasi mashinaning avvalgi egasidan bir oygina yurgan chog‘ida xarid qilgan. O‘sha savdodan uch oy muqaddam, avtomobil Shtutgartdagi zavod konveyeridan chiqqan bo‘lgan.

Keyinchalik ota kupeni o‘g‘li Gayga kollejni tamomlagani munosabati bilan hadya qilgan. Shundan boshlab, Gay ushbu transport vositasidan foydalanib keladi. Hozirda, Gay Nyumark har uch ming milda (4,8 ming km) sevimli mashinasini texnik ko‘rikdan o‘tkazib turadi.