"Qasamyod qilingan kundan boshlabgina Moldova Respublikasi prezidentining mandat ijrosi boshlanadi. Qonunchilik qoidalariga rioya qilish va "meni" himoya qilish maqsadida yuborilgan Davlat muhofazasi xizmati ofitserlarini qaytarib olishni so‘rayman", - deb yozgan siyosatchi Davlat muhofazasi xizmati rahbariga yo‘llagan maktubida. Yangi prezident ushbu xatni Facebook'dagi sahifasida havola qilgan.
Shuningdek u Markaziy saylov komissiyasi hozircha saylov natijalarini rasman ovoza qilmagani, ularni Konstitutsion sud tasdiqlamagani va qasamyod qabul qilinmaganini yodga soldi.











