Biroq shunga qaramay, Pitt 2014 yilda Xitoyga kelgan: u rafiqasi Anjyelina Joliga promoturda hamrohlik qilgan, biroq soyada qolishni afzal ko‘rgan. Endi esa artist Xitoyga o‘zining yangi filmi – "Ittifoqdoshlar"ni taqdim qilgani keldi.
Shanxayda filmning namoyishida Pitt 40 daqiqa davomida dastxatlar ulashdi. U yana 20 daqiqaga yaqin jurnalistlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Jurnalistlarga aktyorga biror-bir savol berish taqiqlab qo‘yilgan. Savollarni uchrashuv boshlovchisi bergan va ular yangi film haqida bo‘lgan.











