Endi uning akkauntida «AQShning saylangan prezidenti» yozuvi turibdi. 

Akkauntning yuqori qismida (muqovasi) esa Oq uy fonida turgan Tramp va Mayk Pens (vitse-prezidentlikka nomzod) surati, shuningdek, «AQShning saylangan prezidenti» va «AQShning saylangan vitse-prezidenti», yozuvlari, hamda saylovoldi kampaniyasidagi shior bo‘lgan «Amerikaga buyuklikni qaytaramiz» so‘zlari tushirilgan.

Bundan oldinroq, Trampning saylovoldi shtabi boshlig‘i Kellienn Konvey milliarder tvitterdagi akkauntini boshqarishdan chetlatilgani haqidagi xabarlar haqiqatga mos kelmasligi haqida aytgandi.