Toshkent vaqti bilan soat 07:36da Brent nefti narxi barreliga 44,8 dollarni tashkil qilgan. Savdolar ochilgach, narxlar 2,2 foizga tushgan. WTI nefti esa 3 foizga tushib, bir barreli 43,6 dollarni tashkil qilmoqda.
Oltin narxi esa qimmatlashib, untsiyasi uchun 33 dollarga yetgan (2,63 foiz).
Bu hafta AQSh prezidentliliga saylov neft bozori uchun OPeK signallaridan ko‘ra muhimroq voqeadir, deb yozadi The Wall Street Journal. Donald Trampning g‘alabasi neft narxining tushishiga olib kelishi, Hillari Klintonning g‘alabasi esa neft bozorini qo‘llab-quvvatlashi kutilayotgandi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Tramp zarur 270ta ovozdan 244tasiga ega bo‘ldi, Klintonda 209ta.
The New York Times nashri ilk marta respublikachilar g‘alabasi ehtimolini 50 foizdan yuqori baholadi.











