Ishonch telefoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish, uni o‘tkazish chog‘ida qonun buzilishlarining oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ular yuzasidan qonunda belgilangan choralarni ko‘rish hamda okrug, uchastka saylov komissiyalari bilan doimiy aloqa o‘rnatishni ta'minlash maqsadida ishga tushirildi.

Shuningdek, faks (0 371 239-42-43) va elektron pochta ([email protected]) fuqarolarga xizmat ko‘rsatadi.