"iPhone rivojlanib bormoqda va hozir LTPS'dan OLED-panellarga o‘tmoqda", - dedi Jyen-vu Taybeydagi (Tayvan) Tatung universiteti talabalariga murojaat qilib. U innovatsion mahsulot yaratishni istovchi kompaniya uchun bu yagona yo‘l ekanligini ta'kidladi. 

Bundan tashqari, Jyen-vu Sharp Yaponiyada OLED-panellarni ishlab chiqaruvchi yangi zavod qurayotganini ma'lum qildi. Bosh direktor, shuningdek, Qo‘shma Shtatlarda displeylar ishlab chiqarish rejasiga ham to‘xtalib o‘tdi: "Agar bizning asosiy mijozimiz bizdan ishlab chiqarishni AQShga ko‘chirishni talab qilsa, nima uchun bunday qilmasligimiz kerak ekan?!"

Oktyabr oyi oxirlarida OAV Apple'ning 2017 yilda uch xil variantdagi iPhone 8'ni ishlab chiqarishi mumkinligi haqida ma'lum qilgandi. Standart 4,7- va 5,5- versiyalardan tashqari, 5 dyuym diagonalli smartfon ham paydo bo‘lishi mumkin.