Qayd etilishicha, Tokusima okrug sudi haydovchiga bir yil-u ikki oylik qamoq jazosi tayinlagan. Shu bilan, u Pokemon Go o‘yini sabab sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha javobgarlikka tortilgan ilk fuqaro bo‘ldi.

Voqea avgust oyida yuz bergan edi. O‘shanda, 39-yoshli mikroavtobus haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan ikki ayolni urib ketgan, ulardan biri keyinroq hayotdan ko‘z yumgan edi. Bu voqea dunyoga mashhur o‘yin bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati bo‘lgan edi.