Bu bosqichda ikkinchi kun o‘yinlarida kutilmaganda «Zenit» «Anji»ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi va turnirni tark etdi. Amaldagi chempion jamoa bo‘lmish «Lokomotiv» esa «Krilya Sovetov»ni 3:1 hisobida yengdi. «Krasnodar» «Orenburg»ga qarshi kechgan qiyin bahsda 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga o‘tdi.

Natijada, chorak final juftliklari quyidagicha ko‘rinish oldi:

«Lokomotiv» — «Tosno»
«Ufa» — «Anji»
«Ural» — «Krasnodar»
«Sibir» — «Rubin»

Bu bosqich o‘yinlari 2017 yilning mart oyida o‘tkaziladi.