Albert II 2013 yilning 21 iyul kuni hokimiyatdan voz kechib, taxtni katta o‘g‘li Filippga topshirdi, ammo rasman qirol unvonini saqlab qoldi. Taxt bilan birga Albert II sud immunitetidan ham ayrilgan.

Boel xonim ishi bo‘yicha sud jarayoni 2013 yilning iyunida boshlangandi.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, sud instansiyasi birinchi marta Belgiya qirolini eshituv ishiga chaqirdi.

Delfina Boel u Albert II ning benikoh tug‘ilgan farzandi sifatida rasman tan olinishini talab qilmoqda va buning uchun DNK tahlillarining o‘tkazilishini so‘ramoqda. Agar u Albert II ning qizi deb tan olinsa, sobiq qirol merosining bir qismiga da'vo qilishi mumkin, ammo qirollik oilasiga qo‘shilmaydi.