Bu chora Foxconn boshchiligida o‘tkazilayotgan kompaniya sarf-xarajatlarini optimallashtirish dasturi bilan bog‘langan.

Ma'lum qilinishicha, kompaniya Xirosima prefekturasidagi Mixara shahrida joylashgan yorug‘lik diodlari va  yarim o‘tkazgichli lazerlar ishlab chiqaruvchi va Tochigi prefekturasidagi televizorlar uchun suyuq-kristalli displeylar ishlab chiqaruvchi zavodlarini yopadi.

Mixaradagi zavoddagi ishlab chiqarish va xodimlar Xirosima prefekturasida joylashgan Fukuyamadagi zavodga ko‘chiriladi. Fukuyamadagi zavod ham Apple smartfonlari uchun kamera detallarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.