«Simeone a'lo darajada ishlamoqda. Men uni inson sifatida ham, futbol mutaxassisi sifatida ham hurmat qilaman.

U kuchli tarkib hosil qilgan «Real» va «Barselona» bilan tengma-teng kurash olib bormoqda.

Simeone kimnidir o‘z o‘yin uslubi bilan zeriktirib yubordimi? «Bavariya» yoki «Ayaks» nimaga erishmoqda? Qiziqarli futbol o‘ynab, sovrin yutayotgan jamoalar qani? Chiroyli o‘yini bilan nimani yutmoqda?

Ha, «Ayaks» yaxshi o‘yin namoyish etadi, lekin sovrinlardan quruq qoladi. «Bavariya» Germaniyada hamma narsani qo‘lga kiritmoqda, biroq mamlakat chegaralaridan 100 km uzoqroqqa chiqqach, ularning ishi qiyinlashadi», deya Maradonaning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Marca.