"Reja bo‘yicha yetakchilar tor doirada, minimal sondagi hamrohlar bilan Berlinda 19 oktabrda uchrashadilar", deb aytdi Ushakov.
Ushakov tadbir Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ishtirokini ko‘zda tutishini alohida ta'kidlab o‘tdi. Bu Rossiya va Ukraina prezidentlarining Qrimdagi qo‘poruvchilik harakatlaridan keyingi birinchi uchrashuvi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Qrimda bir qator hujumlarni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lgandi. U yerda terakt tayyorlamoqchi bo‘lgan bir necha kishi qo‘lga olingan. Ular tan oluvchi ko‘rsatmalar berishgan. Taxminlarcha, qo‘poruvchilar yarimoroldagi sayyohlik sohasiga putur yetkazmoqchi, saylovlar oldidan sarosima ko‘tarmoqchi va vaziyatni beqarorlashtirmoqchi bo‘lganlar. Qo‘lga olingan ukrainalik Yevgeniy Panov qo‘poruvchilik Ukraina mudofaa vazirligining bosh razvedka boshqarmasida rejalashtirilganini tasdiqlagan.











