Uning aytishicha, tibbiyot muassasalarida evakuatsiya boshlangan, evakuatsiyaning asosiy bosqichi 5 oktabrda mahalliy vaqt bilan 3.00 da (Toshkent vaqti bilan 12.00) boshlanadi.
1,1 mln ga yaqin odam evakuatsiya qilinishi kutilmoqda. Xeylining aytishicha, sohildan 100 mil (160 km) uzoqlikda bo‘lgan barcha odamlar ushbu hududni tark etishlari kerak.
"Agar ertaroq keta olsangiz, undan ham yaxshi, bundan maqsad hamma bir vaqtda ketmasligidir", deb aytdi gubernator.
Xeylining ta'kidlashicha, evakuatsiya tez o‘tmaydi va shuning uchun sabrliroq bo‘lish va jarayonga bir necha soat ketishini tushunishni so‘radi.











