Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, Suriya hukumati kuchlari Halab sharqiga, jangarilar nazoratiga tank bo‘linmalarini yo‘llagan.
Suriyadagi «Oq kaskalar» tashkilotiga tayanib ma'lum qilinishicha, hukumat kuchlari 4 oktabr kuni «Jabhat Fath ash-Shom» jangarilari tasarrufidagi Halabning sharqiy dahalariga bir yo‘la bir necha yo‘nalishlardan kirishga harakat qildi.
Harbiylar hozircha faqat shimoli-sharqdagi ayrim hududlar, jumladan, falastinlik qochoqlarning sobiq «Xandarat» lagerini egallashga muvaffaq bo‘lgan, xolos.












