Ma'lum qilinishicha, politsiya mazkur shaxslarni mamlakatning 18ta shahri bo‘ylab qidirish ishlarini olib bormoqda.

Avgust oyi o‘rtasida Turkiyaning Kastamonu viloyati hududida politsiya Fathulloh Gulenning qarindoshi bo‘lmish teleboshlovchi va advokat Kemal Gulenni hibsga olgandi.  

Kemal Gulen o‘z qarindoshi uyida ushlangandi. U bu yerda 15 iyuldan buyon yashirinib kelayotgandi. Uni terrorizm bilan kurash bo‘limining hududiy boshqarmasi idorasiga olib borishgan.

16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinish ro‘y berdi. Istanbul va Anqaradagi to‘qnashuvlar davomida tinch aholi vakillaridan 246 kishi qurbon bo‘ldi, 2 mingdan ziyod kishi jarohatlandi. Isyonchilarning yo‘qotishlari hisob qilinmagan.